UZCARD kiberxavfsizlikni rivojlantirishni «Cyber Security Central Eurasia 2024» xalqaro sammitida qo‘llab-quvvatlaydi

2024-yil 9-10-oktabr kunlari Toshkentda Yevroosiyoning 24 davlatidan 130 dan ortiq kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarni birlashtirgan «Cyber Security Central Eurasia 2024» ikkinchi sammiti bo’lib o‘tdi. Ushbu tadbir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi dolzarb xavflar va yechimlarni muhokama qilish, shuningdek, mutaxassislar o’rtasida tajriba almashish uchun maydoncha bo’lib xizmat qildi.

UZCARD kiberxavfsizlikni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya mijozlar ma’lumotlarini himoya qilish va moliyaviy tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda davom etmoqda. UZCARD mutaxassislari fintech sohasidagi innovatsiyalarni himoya qilish va kiberxavfsizlikdagi ilg‘or tajribalarni almashishga bag‘ishlangan panel muhokamalarida ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlarda ishtirok etish UZCARDning yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlash va mamlakatda kiberxavfsizlik standartlarini oshirish uchun yetakchi xalqaro o‘yinchilar va ekspertlar bilan hamkorlik qilishga intilishini yana bir bor ta’kidlaydi.

UZCARD — O‘zbekistonning yetakchi milliy to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib, uning operatori “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi milliy to’lov tizimi sohasida mahsulotlarni doimiy ravishda qidirish, ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmatlarni modernizatsiya qilish va fintech sanoatidagi xizmatlarni kengaytirish hisoblanadi.

Veb-sayt: www.uzcard.uz/
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard