UZCARD va Football Corp fintex-kompaniyalarining birinchi futbol mavsumini yakunladi

25-avgust kuni Toshkent shahridagi Hyatt mehmonxonasida UZCARD va Football Corp tomonidan tashkil etilgan FINTECH LEAGUE 2025 korporativ futbol turniri ishtirokchilari va g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Birinchi mavsumning g‘olibi InfinBANK jamoasi bo‘lib, ular turnirda birinchi o‘rinni va asosiy pul mukofoti sifatida 10 million so‘mni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Hayot Bank jamoasi egalladi, ular 7 million so‘m oldi, uchinchi o‘rinni esa SQB jamoasi egallab, 5 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi. Umuman olganda, FINTECH LEAGUE 2025 mamlakatning yetakchi banklari, fintex-kompaniyalari va raqamli servislaridan 24 ta jamoani birlashtirib, korporativ sport taqvimidagi muhim voqea bo‘ldi.

Asosiy mukofotlardan tashqari, tashkilotchilar eng yaxshi futbolchilar va murabbiylarni maxsus nominatsiyalarda taqdirlashdi. “Eng yaxshi darvozabon” unvoni Shuhratilla Sayfullayevga (OFB), “Eng yaxshi murabbiy” unvoni Konstantin Sviridovga (SQB), “Eng yaxshi to‘purar” esa Islombek Komoljonovga (O‘zbekiston Markaziy banki) nasib etdi.

Turnir soha uchun yangi an’anaga aylandi, u korporativ madaniyatni mustahkamlash, jamoaviy ruhni rivojlantirish va professional hamjamiyatning norasmiy muloqotini yo‘lga qo‘yish maydonchasiga aylandi.

“Har bir texnologiyaning ortida insonlar turadi va ushbu turnir yana bir bor shuni isbotladi: O‘zbekiston fintex-tizimi nafaqat innovatsiyalar, balki ishonch, hamkorlik va umumiy hissiyotlar asosida barpo etilmoqda,” — dedi o‘z tabrik so‘zida UCMG bosh direktori David Melikidze.

UZCARD uchun sportni qo‘llab-quvvatlash uzoq muddatli missiya sifatida qaraladi. Korporativ turnirlar kompaniya uchun birdamlik va sog‘lom raqobat ruhini mustahkamlovchi barqaror amaliyotga aylanib bormoqda.