UZCARD FORUM 2024: OPEN BANKING – Fintex kelajagi

2024-yil 24-oktyabr kuni UZCARD kompaniyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan UZCARD FORUM 2024 – moliyaviy texnologiyalar sohasidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tadi. Ikki yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur forum O‘zbekiston bank va moliya-texnologiya sohasi yetakchilarini birlashtiradi.

2004-yildan beri UZCARD naqd pulsiz hisob-kitoblarni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etib, mamlakat moliya bozorini rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda.

Joriy yilda forum bank, moliya-texnologiya kompaniyalari, davlat tuzilmalari va xalqaro ekspertlarning 500 dan ortiq vakillarini InterContinental Trilliant mehmonxonasida to‘playdi. Unda moliya sektorining kelajagini shakllantiruvchi dolzarb tendensiyalar va muammolar muhokama qilinadi.

Forum doirasida quyidagi asosiy mavzularga bag‘ishlangan amaliy dastur taqdim etiladi:

  • OPEN Banking: yo‘nalishlar va tendensiyalar – ochiq bank texnologiyalari moliyaviy ekotizimni o‘zgartirish jarayonini davom ettirmoqda. Suhbat ishtirokchilari ochiq API va yangi raqamli platformalar an’anaviy bank xizmatlarini qanday o‘zgartirishini hamda ularni foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilish yo‘llarini muhokama qiladilar.
  • Moliya sohasida axborot xavfsizligiga zamonaviy tahdid va xatarlar – raqamli tahdidlar soni ortib borayotgan sharoitda kiberxavfsizlik birinchi o‘ringa chiqmoqda. Mutaxassislar ma’lumotlarni himoya qilish va xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha amaliy yechimlarni taklif etadilar.
  • Ish haqi va xodimlarni rag‘batlantirish sohasidagi tendensiyalar – sessiya doirasida ishtirokchilar kompensatsiyalar, imtiyozlar va mukofotlarning zamonaviy modellarini muhokama qiladilar. Xodimlarning ish samaradorligini oshirish uchun qanday yangi yondashuvlarni qo‘llash mumkin?
  • Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda regulyatorlar va qonunchilik tashabbuslarining roli – axborot xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarining eng muhim jihatlari muhokamasi. Sessiya doirasida ekspertlar normativ-huquqiy bazadagi joriy va kelgusi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadilar.
  • Muvaffaqiyat energiyasi: xodimlarni ishga to‘liq jalb etilishi kompaniya muvaffaqiyatining kaliti sifatida – interaktiv kviz forum ishtirokchilariga o‘z xodimlarini jalb qilish darajasini baholash va motivatsiya bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish imkonini beradi.
  • O‘zbekistonda BNPLni joriy etish istiqbollari – «Hozir sotib oling, keyin to‘lang» modeli dunyoda va O‘zbekistonda faol ommalashmoqda. Forum ishtirokchilari BNPL qanday qilib mamlakat iste’mol bozorini o‘zgartirishi va chakana savdo do‘konlarining mavqeini mustahkamlashi mumkinligini muhokama qiladilar.
  • Naqd pulsiz to‘lovlar va transport tizimlari sohasidagi innovatsiyalar – ATTO hamkori jamoat transporti uchun kontaktsiz to‘lov tizimlari sohasidagi eng yangi ishlanmalarni taqdim etadi.
  • O‘zbekiston moliya sektorining kelajagi – prognozlar va rivojlanish istiqbollari, mamlakat fintex ekotizimini yanada rivojlantirishga ta’sir qiluvchi innovatsiyalar muhokamasi.

Ushbu va boshqa ko‘plab muhim mavzular UZCARD FORUM 2024 ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar va faol fikr almashish uchun asos bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir doirasida bank sektori uchun UZCARD EXPO 2024 ixtisoslashtirilgan fintex ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

UZCARD yangi mahsulotlari taqdimoti

Elektron to‘lovlar bozorida yetakchi bo‘lgan UZCARD naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada takomillashtirishga qaratilgan eng yangi yechimlarni taqdim etadi. Forum ishtirokchilari mijozlar uchun xizmatlarni yaxshilash maqsadida joriy etilishi rejalashtirilgan innovatsiyalarni birinchilardan bo‘lib ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirokidagi panel muhokamalarda ilg‘or texnologiyalar va eng yaxshi amaliyotlar haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mutaxassislar boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli yechimlarni joriy etish tajribasi va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalarini muhokama qiladilar.

Forum hamkorlari

UZCARD FORUM 2024 quyidagi hamkorlar va forumning boshqa ishtirokchilar ko‘magida o‘tkaziladi: HUAWEI, Fido-Biznes, CISCO, ЭКОПСИ, VK Tech, HP, Btech, ATTO, Plum Technologies, ERA, Qand, KAFOLAT.

Forum ishtirokchilarini ishchi sessiyalar oralig‘ida yana bir yorqin voqea – Uzcard Awards 2024 taqdirlash marosimi kutmoqda. Bu tadbir allaqachon yaxshi an’anaga aylanib, forumning eng hayajonli va kutilgan qismlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Marosim doirasida O‘zbekistonning fintex sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan eng yaxshi banklar va kompaniyalar taqdirlanadi. Forum mehmonlari joriy yil yakunlari bo‘yicha nufuzli mukofotlarga kimlar sazovor bo‘lishi va qaysi loyihalar eng yuqori natijalarga erishganini birinchilardan bo‘lib bilib olishadi.

Shuni ta’kidlash joizki, tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangan. Forumning rasmiy veb-sayti https://forum.uzcard.uz/ orqali ro‘yxatdan o‘tib, siz ham ushbu ulkan tadbirning bir qismiga aylanishingiz mumkin.

Moliya sohasidagi eng muhim muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!