UZCARD, Garant bank va Centrum Air UZCARD KIDS kartasi egalari o‘rtasida aviabiletlar o‘yinli aksiyasining boshlanishini e’lon qiladi

UZCARD, Garant bank va Centrum Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda “Karta uchun sayohat” aksiyasini ishga tushiradi. Aksiya 2025-yil 17-iyuldan 30-sentyabrgacha davom etadi.

Aksiyada Garant bank tomonidan chiqarilgan UZCARD KIDS bolalar kartalari ishtirok etadi. Bu — UZCARD KIDS loyihasi doirasida yaratilgan, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan birinchi ma’rifiy tashabbusdir. Karta yordamida bola naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirishi, xarajatlarini nazorat qilishi va mablag‘ yig‘ishi mumkin, ota-onalar esa moliyaviy faollikni kuzatib borishi va foydali odatlarni shakllantirishi mumkin.

Endilikda, UZCARD KIDS kartasi egalari kartadan ko‘proq foydalanish uchun yana bir sababga ega bo‘lishdi. Aksiya doirasidagi har bir xarid — Centrum Air aviakompaniyasining istalgan yo‘nalishiga borish va qaytish uchun uchta aviabilet yutib olish imkoniyati. Dengiz, tog‘lar, megapolis yoki madaniy markaz — tanlov g‘olibniki.

Aksiyada ishtirok etish uchun uchta oddiy shartni bajarish kerak. Birinchidan, Centrum Air aviakompaniyasi orqali bolangiz bilan birga parvoz qilishingiz zarur — aksiya boshlanishidan 90 kundan oldin rasmiylashtirilgan har qanday bolalar chiptasi hisobga olinadi. Ikkinchidan, istalgan Garant bank filialida bolangiz nomiga UZCARD KIDS bolalar kartasini rasmiylashtirib, mos posadka talonini taqdim etishingiz kerak. Va nihoyat, ushbu karta orqali kamida 100 000 so‘mlik kamida bitta xarid amalga oshirilishi lozim.

Aksiya g‘olibi aksiya davri tugaganidan keyin 10 ish kuni ichida tashkilotchilar tomonidan barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlanadi. Aksiya tafsilotlari bo‘yicha havola.

Centrum Air aviakompaniyasining reyslarida tarqatiladigan kichik sayohatchilar uchun Bulutcha (“Oblachko”) jurnalining yangi sonida UZCARD kreativ rangli sahifa va aksiya tafsilotlari bilan alohida sahifalarni taqdim etdi. Kichik yo‘lovchilar yoqtirgan shablonni ranglashi va o‘z kartasini bezash uchun ulardan birini tanlashi mumkin. Bunday kartani aksiyada doirasida, Garant bankning  istalgan filialida Bulutcha (“Oblachko”) jurnalini ko‘rsatib bepul rasmiylashtirish mumkin. Shu tariqa, UZCARD KIDS oilaviy tajribaning bir qismiga aylanadi va hatto sayohat paytida ham bolalarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish va jalb etishda yangi imkoniyatlarni ochadi.

UZCARD KIDS loyihasi 2024-yildan boshlab faol rivojlanib, maktablar, oilaviy tadbirlar va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’lim dasturlarini qamrab olmoqda. Bugungi kunda karta butun mamlakat bo‘ylab minglab oilalarda bolalarga real hayotda pulni boshqarishni o‘rganishga yordam bermoqda.