UZCARD xodimlari sportni ommalashtirish va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o‘tkaziladigan Bukhara Night Race tungi yugurish marafonida ishtirok etdilar.
13-sentabr kuni Buxoroda an’anaviy tungi yugurish marafoni Bukhara Night Race bo‘lib o‘tdi. Start qadimiy Ark qal’asidan boshlandi, ishtirokchilar shahar tarixiy markazining kechki ko‘chalari bo‘ylab yugurib o‘tdilar. Marshrut shahar diqqatga sazovor joylari — madrasalar, masjidlar, Kalon minorasi va qadimiy savdo gumbazlari yonidan o‘tdi.
2025-yilda marafon dasturiga yangilik kiritildi — tajribali sportchilar uchun yarim marafon masofasi birinchi marta kiritildi. Havaskorlar uchun odatdagi formatlar mavjud: 5 va 10 km yugurish, tinchroq ritmni afzal ko‘ruvchilar uchun skandinavcha yurish, bolalar startlari, shuningdek sportni ekologik g‘amxo‘rlik bilan uyg‘unlashtirgan maxsus format — plogging.
Tadbir sanasining birinchi Buxoro zamonaviy san’at biennalesi bilan to‘g‘ri kelishi uning ahamiyatini yanada oshirdi. 5-sentabrdan 20-noyabrgacha Buxoroda 70 dan ortiq ishtirokchi qatnashadigan ko‘rgazmalar, performanslar va mahorat darslari o‘tkaziladi. Biennale zamonaviy san’at va Buxoro madaniy merosini birlashtirib, shahar tarixiy markazini xalqaro ijodiy maydonga aylantiradi.
Sport dasturidan tashqari, yugurishning ijtimoiy va ekologik mas’uliyat yo‘nalishi ham muhim bo‘lib qolmoqda — Avvalgidan tozaroq tashabbusi doirasida ishtirokchilar yugurish vaqtida chiqindilarni yig‘ib, shahar tozaligiga hissa qo‘shishadi.
UZCARD an’anaviy ravishda sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yili kompaniya turli bo‘linmalardan chiqqan xodimlar bilan turli kategoriyalarda ishtirok etib, jamoaviy ruh va sog‘lom turmush tarziga sadoqatni namoyish qildilar.
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard