UZCARD jamoasi Samarkand Marathon 2025 musobaqasida ishtirok etdi

UZCARD kompaniyasi UCMG boshqaruv kompaniyasi MChJ tarkibidagi boshqa kompaniyalar – ERA, Btech, PLUM, ATTO va PlayMobile vakillari bilan birgalikda 8–9 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yugurish tadbiri — Samarkand Marathon 2025da qatnashdi.

Jamoa tarkibidagi jami 80 nafar ishtirokchi 2 km, 5 km, 10 km va 21 km masofalarda yugurib, a’lo sport natijalarini, jamoaviy ruhni hamda shaxsiy rivojlanishga intilishni namoyish etdi.

UCMG tarkibidagi kompaniyalar uchun marafonda qatnashish nafaqat sport voqeasi, balki xodimlar salomatligi va faolligini targ‘ib qilish, ichki korporativ aloqalarni mustahkamlash hamda xodimlar rivojiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan korporativ falsafaning bir qismi hisoblanadi.

Samarkand Marathon 2025 yo‘nalishi shahar markazidan o‘tib, tarixiy hamda zamonaviy maskanlarni qamrab oldi. Har bir ishtirokchi o‘z tayyorgarlik darajasiga mos masofani tanladi — qisqa yugurishlardan tortib yarim marafongacha.

UCMG MCHJning HR bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Yuliya Tsapkova quyidagilarni ta’kidladi:

«Samarkand Marathon 2025 doirasida UZCARD va UCMG tarkibidagi boshqa kompaniyalarni munosib namoyish etgan hamkasblarimizdan chin dildan faxrlanamiz. Bunday tashabbuslar xodimlarni birlashtiradi, yangi maqsadlarga ilhomlantiradi va sog‘lom hamda motivatsiyalangan hamjamiyatni shakllantirishga yordam beradi. Jamoa farovonligi va sport qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash — kompaniyalarimiz korporativ madaniyatining muhim qismidir.»

UZCARD va UCMG jamoaning barcha ishtirokchilarini masofalarni muvaffaqiyatli bosib o‘tganlari bilan tabriklaydi hamda marafon tashkilotchilariga tadbirni yuqori darajada o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildiradi.

Sport va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash UCMG uchun korporativ rivojlanishning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Bu esa professional yutuqlar bilan faol turmush tarzini uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishni aks ettiradi.