UZCARD Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil etgan YESU Networking Event tadbirida ishtirok etdi

O‘tgan shanba kuni Yangi O‘zbekiston Universiteti bilan hamkorlik doirasida UZCARD to‘lov tizimi YESU Networking Eventning bir qismiga aylandi

Tadbir ma’ruzachilari orasida «UCMG» MCHJ bosh direktori David Melikidze bo‘lib, u moliyaviy texnologiyalar sohasidagi dolzarb yo‘nalishlar va imkoniyatlarni yorituvchi «Open Banking» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, UZCARD’ning ta’lim va rivojlanish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Asilxo‘ja Iskandarxo‘jayev «Baxt korporatsiyasi» misolida yirik kompaniyalarda karyera o‘sishining ahamiyati haqida qimmatli maslahatlarini baham ko‘rdi

Ushbu tadbir talabalar, mutaxassislar va karyera o‘sishi hamda yangi bilimlar olishga qiziquvchi barcha ishtirokchilar uchun fintech va korporativ ta’limdagi so‘nggi tendensiyalar haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatini yaratdi

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «UCMG» MCHJ bosh direktori David Melikidze va HR, PR va CSR masalalari bo‘yicha direktor Hilola Sulaymonova universitet rahbariyati bilan birgalikda daraxt ekishda qatnashdi. Bu harakat nafaqat an’analarni mustahkamlashdagi muhim qadam, balki talabalarga uzatilayotgan qadriyatlar ramziga aylandi

Eslatib o‘tamizki, 2024-yil 25-noyabr kuni UZCARD to‘lov tizimi va Yangi O‘zbekiston universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Imzolash marosimi ikki tomon o‘rtasida ta’lim tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratgan holda uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga intilishni ta’kidladi.