UZCARD ICPC Uzbekistan 2025 xalqaro talaba olimpiadasining hamkoriga aylandi

Kompaniya 2025-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va ITPU koʻmagida o‘tkazilgan, sport dasturlash bo‘yicha yirik talaba olimpiadasi — ICPC Uzbekistan 2025 chorak final bosqichining sovrinli oʻrinlari homiysi boʻldi.

ICPC Uzbekistan 2025 chorak finalida 32 ta universitetdan 202 ta jamoa, jami 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Jamoalar cheklangan vaqt ichida bir nechta algoritmik va dasturlash masalalarini yechishlari kerak edi. Keyingi bosqichga oʻtish uchun ishtirokchilar analitik fikrlash, jamoada ishlash koʻnikmalari hamda rollar va vaqtni samarali taqsimlashni namoyish etishlari lozim boʻldi.

Tanlov yakuniga koʻra chorak final gʻoliblari 2025-yil Markaziy Osiyo yarim finalida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.

ICPC Uzbekistan chorak finali finalistlari:

  1. Toshkent gumanitar fanlar universiteti, jamoa — “Unexpected Ones”.
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, jamoa — “Don’t Panic”.
  3. “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, jamoa — “Three Dinosaurs”.

UZCARD turnir hamkori sifatida gʻoliblar uchun sovrin jamgʻarmasini taqdim etdi: 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar ishtirokchilariga mos ravishda iPad Pro 11, iPhone 16 va Apple Watch SE10 sovg‘a qildilar.

Tadbir doirasida UZCARD ekspertlari ham chiqish qildi:

Shuhrat Ochilov — Operatsion departament direktori;

Akmaljon Sodiqov — Axborot xavfsizligi va maʼlumotlarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i.

Kamola Sabitova — isteʼdodlarni jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha kichik mutaxassis.

Spikerlar kompaniyaning raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, toʻlov infratuzilmasini rivojlantirishdagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi hamda Intern Academy by UZCARD loyihasi haqida soʻzlab berdilar.

ICPC bilan hamkorlik UZCARDning IT Park Uzbekistan bilan strategik hamkorligining mantiqiy davomi boʻlib, IT-taʼlimni rivojlantirish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu tashabbus kompaniyaning Oʻzbekiston fintech sohasini ilgariga siljitadigan yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga hissa qoʻshish intilishini aks ettiradi.

ICPC (International Collegiate Programming Contest) — talabalar oʻrtasidagi eng yirik xalqaro sport dasturlash olimpiadasi bo‘lib, 45 yildan ortiq vaqt davomida o‘tkazib kelinadi. Musobaqa bir necha bosqichlardan iborat: milliy saralashdan tortib, dunyoning yetakchi universitetlari (MIT, Garvard, Tsinghua va ETH Zurich) jamoalari ishtirok etadigan jahon finaligacha. 2025-yilgi Jahon finali Baku shahrida oʻtkazildi; hamkorlar qatorida Huawei, JetBrains, Google DeepMind va OpenAI bo‘lgan.

Veb-sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard