Premium UZCARD SHERDOR kartasi “Asakabank” mahsulot qatoriga kirdi

“Asakabank” kundalik hayotda yuqori darajadagi xizmat, qulaylik va imtiyozlarni qadrlaydigan mijozlarga mo‘ljallangan UZCARD SHERDOR premium kartasini chiqarishni boshladi.

SHERDOR kartasi kengaytirilgan imtiyozlar paketidan foydalanish imkonini beradi: aeroportlardagi CIP zallariga tashrif buyurish, restoranlar, mehmonxonalar, klinikalarda moslashtirilgan takliflar, shuningdek, sayohat, fitnes, biznes xizmatlari va shahar infratuzilmasida chegirmalar va imtiyozlar. Dastur faol ravishda kengayib bormoqda, yangi hamkor xizmatlari qoʻshilmoqda, jumladan, avtomobillarni qoʻllab-quvvatlash, premium transport yechimlari va kundalik xizmat koʻrsatishning asosiy sohalarida sodiqlik dasturlari.

Yaqin kelajakda SHERDOR karta egalari sayohat qilishda qulaylikning yangi darajasidan foydalanishlari mumkin – ular butun dunyo aeroportlaridagi 1500 dan ortiq lounge-zonalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kartaning imkoniyatlarini kengaytiradi va uni marshrutning har bir qismida a’lo darajadagi xizmatni qadrlaydigan mijozlar uchun yanada qulayroq vositaga aylantiradi.

Karta uch yilgacha muddatga chiqariladi va undan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ham, norezidentlari ham foydalanishlari mumkin. SHERDOR UZCARD to‘lov tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi, shuningdek, hamkor banklarning eksklyuziv mahsulot va xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashadi.

Endilikda SHERDOR kartasini olish uchun Asakabank filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

Karta va undan foydalanish shartlari haqida batafsil ma’lumotni “Asakabank” va sherdor.uzcard.uz rasmiy veb-saytlarida olishingiz mumkin.