UZCARD SHERDOR BRB: diodli yoritishli noyob dizayndagi premium karta

BRB banki UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda noyob texnologik dizaynga ega SHERDOR premium kartasini taqdim etdi.

BRB ning SHERDOR kartasi O‘zbekistonda ilk bor diodli karta bo‘ldi: har bir kontaktsiz NFC to‘lovi amalga oshirilganda uning dizayni “jonlanadi” — SHERDOR ramzidagi sherning ko‘zlari yonadi. Texnologiyalar va dizaynning bunday uyg‘unligi ilgari bozorimizda uchramagan va premium bank mahsulotlarini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Shu bilan birga, karta zamonaviy kontaktsiz to‘lov texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, uni kundalik foydalanishda qulay va funksional qiladi.

SHERDOR egalari alohida imtiyozlarga ega bo‘ladilar: Toshkent aeroportidagi CIP-zaliga bepul tashrif buyurish, restoranlar, klinikalar va boshqa hamkorlik xizmatlarida maxsus sharoitlar. Karta egalari shuningdek, dunyo bo‘yicha 1500 dan ortiq aeroportlarda joylashgan lounge-zonalariga tashrif buyurish imkonini beruvchi global sayohat xizmatiga ega bo‘ladilar. Kundalik hayotda esa Yandex Go ning Ultima Premier klassidagi premium taksi xizmati uchun yiliga olti marta atigi 1000 so‘m evaziga foydalanish imkoniyati mavjud.

Karta bankning raqamli ekotizimiga mukammal integratsiya qilingan va mobil hamda masofaviy xizmatlarning to‘liq to‘plamini taqdim etadi.

BRB uchun SHERDOR kartasini ishga tushirish — bu mijozlarga yangi tajriba darajasini taklif etish, texnologiya, uslub va maqomni birlashtirgan mahsulotni taqdim etishdir. UZCARD to‘lov tizimi uchun esa SHERDOR kartasining eksklyuziv dizayndagi taqdimoti premium mahsulotlarga barqaror talab borligini va bozor qiziqarli hamda noodatiy yechimlarga tayyor ekanligini tasdiqlaydi.

UZCARD SHERDOR kartasining to‘liq imtiyozlari ro‘yxati bilan sherdor.uzcard.uz saytida tanishing.

UZCARD SHERDOR kartasi haqida ma’lumot Biznes Rivojlantirish Banki rasmiy saytida.

Imtiyozlar haqida batafsil sherdor.uzcard.uz saytida.