Aprel oyida Toshkent shahrida UZCARD va O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan yirik xalqaro ot sporti musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tdi.
UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilning 16-28-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan eng yirik xalqaro ot sporti musobaqalarini o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlab, yana O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining hamkori bo‘ldi.
Turnirlarga quyidagilar kiradi:
- sakrash bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlari (1 va 2-bosqichlar),
- Osiyo kubogi,
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi,
- CDI1* va World Dressage Challenge doirasida ot yoʻrttirish musobaqalari.
Mazkur tadbirlar dunyoning 30 dan ortiq davlatidan kelgan ishtirokchilarni birlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan 2025-yilgacha yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Bunday turnirlarni qo‘llab-quvvatlash bir martalik ishtirok uchun emas, balki UZCARDning bu yo‘nalishdagi tizimli ishining bir qismidir. Kompaniya bir necha yillardan buyon Federatsiyaning ishonchli hamkori bo‘lib, O‘zbekistonning jahon sport maydonidagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shib kelmoqda.
Musobaqa homiysi sifatida UZCARD korporativ ijtimoiy mas’uliyat strategiyasini davom ettirib, sportni, yoshlar tashabbuslarini va mamlakat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan milliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.