UZCARD ERA onlayn kassa terminallari HUMO bank kartalarini qabul qila boshladi

2024-yil 1-apreldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari yangi “ERA” dasturiy ta‘minotli onlayn kassa terminallarida (Pax A930 oq rangli terminallar) HUMO bank kartalarini qabul qilishni boshladilar.

Ayni damda, 250 dan ortiq “ERA” dasturiy ta‘minotli UZCARD onlayn kassalari HUMO kartalarini qabul qilishlari mumkin. Navbatda esa mamlakat bo‘ylab o‘n minglab qurilmalar.

Ikki milliy to‘lov tizim infratuzilmalari integratsiyasi doirasida, Korzinka Salom va Makro supermarketlarida test rejimida UZCARD kartalaridan Humo universal pin-padlari orqali to‘lov imkoni mavjud.