Endi UZCARD KIDS bolalar kartalari foydalanuvchilari poytaxtning metro va avtobuslarida yoʻl haqini chegirma bilan toʻlash imkoniga egalar. UZCARD va ANORBANKning yangi taklifi barcha yoshdagi bolalar uchun yoʻl haqini yanada qulay va hamyonbop qildi, chunki ular belgilangan 1700 soʻm oʻrniga har bir qatnov uchun bor yo‘g‘i 990 soʻm toʻlaydilar. Bundan tashqari, mablag‘ni naqd pul holida olib yurgandan koʻra, uni bank kartasida saqlash ayniqsa bolalar uchun ancha xavfsizdir.
Bolangizda doimo to‘lov vositasi bo‘lishi uchun kartadan kartaga oddiy oʻtkazmani amalga oshirisangiz kifoya. Buning uchun ota-onalar balansni oʻz vaqtida toʻldirsalar bas. Yana bir qulaylik: Anorbank mobil ilovasida Anorbank kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalar bepul. Bundan tashqari, bunday kartadan nafaqat transportda, balki istalgan sotuv nuqtasida foydalanish mumkin. Yoʻl haqi darhol chegirmani hisobga olgan holda yechib olinadi. Voyaga yetmagan bolalardan yoʻl haqini kamaytirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi.
Kartani ANORBANK veb-saytida toʻgʻridan-toʻgʻri, osongina rasmiylashtiring. Ota-ona oʻz nomiga maxsus karta hisob raqamini ochadi, bank kartasiga bolaning ismi yoziladi, va u kartadan toʻlov vositasi sifatida foydalana oladi.
Kartaning vazifasi ota-onalarga farzandlariga pulni oqilona boshqarishni oʻrgatishda yordam berish, bu esa ularga moliyaviy savodxonlik yoʻlidagi ilk qadamlarni qoʻyish imkonini berishdan iborat. Shu bilan birga, ota-onalar bolalar xarajatlarini bankning mobil ilovasi yordamida nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Aksiya 2024-yil 1-maydan 31-dekabrgacha amal qiladi. Aksiya ATTO validatorlari oʻrnatilgan Toshkent shahri jamoat transportida amal qiladi.
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni veb-saytda, shuningdek UZCARD foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash xizmati – 1257 raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.
Hozirda UZCARD KIDS kartasini buyurtma qilsangiz, sizga uni bepul yetkazib beramiz!