Endilikda AT “Aloqabank” mijozlari o‘zlarining NFC kartalarini ariza topshirilgan kuniyoq darhol olishning noyob imkoniyatiga ega. Buni bankning poytaxt va viloyatlardagi 15 ta filialidan biriga tashrif buyurish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
UZCARD kontaktsiz kartalarini chiqarish tartibi maksimal darajada soddalashtirildi. UZCARDning yangi xizmati bilan bank kartalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri filiallarida emissiyalash va mijozlarga ariza berilgan kunning oʻzidayoq kartalarni topshirish mumkin.
Anketani to‘ldirish va shaxsiy UZCARD bank NFC kartasini olish uchun bor-yo‘g‘i 10 daqiqa va pasport kerak bo‘ladi. Karta faollashtirilganidan soʻng siz darhol kerakli moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni boshlashingiz mumkin boʻladi.
UZCARD yangi NFC kartalari yuqori darajadagi xavfsizlik, shuningdek, bir qator afzalliklarga ega qulay va amaliy yechim hisoblanadi:
- NFC texnologiyasi bilan siz kontaktsiz toʻlashingiz mumkin;
- Transportda qulay va tez toʻlashingiz mumkin;
- Ushbu kartalar klassik plastik kartalar kabi himoyalangan;
- PIN-kodni kiritmasdan xarid qilish uchun cheklov mavjud;
- Ulardagi raqamlar vaqt oʻtishi bilan oʻchib ketmaydi.
- Ular milliy valyutada uch yil muddatga chiqariladi va amal qilish muddati tugagandan keyin yana qayta chiqariladi.
Hozirda 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 14-yanvargacha ochgan barcha yangi NFC kartalari egalari uchun UZCARD “Cheksiz NFC” aksiyasini o‘tkazmoqda. Ushbu karta egalari yangi texnologiyalardan qulay foydalanish va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar promo.uzcard.uz.
Hali yangi NFC UZCARD kartasi egasiga aylanmagan har bir kishi uni juda ham oddiy tartibda qoʻlga kiritishi mumkin. Bu uchun AT “Aloqabank”ning eng yaqin filialiga tashrif buyurish kifoya!