Hurmatli hamkorlar!
17-aprel kuni UZCARD bosh ofisida yetkazib beruvchilar uchun Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida Kompaniyaning amaldagi va potentsial hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, unda barchani kompaniyaning xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga muvofiq keladigan, hamkorlar bilan haqiqiy hamkorlik, o‘zaro sodiqlik va ishonch tamoyili asosida qurilgan xarid jarayonlarini o‘tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtirish maqsad qilingan.
Tadbirda ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Arizalar 2024-yil 15-aprel soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Siz ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz, qulay vaqtni tanlashingiz, shuningdek sizni qiziqtirgan, tadbirda muhokama qilmoqchi boʻlgan masalalar haqida oldindan yozishingiz mumkin. Ishtirok etish uchun elektron pochta yoki telefon orqali roʻyxatdan oʻtganligingiz haqidagi tasdiqnomani olishingiz shart.
Sizni ishtirokchilarimiz qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!