UZCARD video va audio yaratish bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tender o‘tkazishning bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya saytida mavjud. Joylashtirilgan sana – 20.03.2025-yil.
  2. Potentsial yetkazib beruvchi 27.03.2025 yilgacha ushbu tenderda ishtirok etishini tasdiqlash tavsiya etiladi. Ariza quyida keltirilgan elektron pochtaga erkin shaklda yuboriladi.
  3. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 28.03.2025 yil gacha yozma ravishda elektron pochtaga yuborilishi shart. javoblar 01.04.2025 yilgacha taqdim etiladi.
  4. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 04.04.2025-yilgacha (shu kuni ham) taqdim etishi lozim.
  5. Takliflarni baholash 11.04.2025-yilgacha amalga oshiriladi.
  6. Yakuniy narxlarni talab qilish (16/04/2025 gacha)
  7. Tanlov natijalarini tasdiqlash va kontraktatsiyani boshlash taxminan 18/04/2025 gacha.

To‘lov valyutasi:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun – so‘m,

buyurtma imzolangandan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida 50% oldindan to‘lov va bajarilgan ish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida 50%.

Mas’ul shaxs:

Rahimov Kozimjon – xarid bo‘limi.

Elektron pochta: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Mobil: +998(97) 344-49-55

Tender hujjatlari 2025-yil 4-aprel kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron pochta manziliga elektron shaklda qabul qilinadi.

27.03.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchilarga ushbu tenderda ishtirok etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ro‘yxatdan o‘tish maqsadida ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.

Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani bosing.