Raqamli formatda bir zumda bepul chiqarilishi, bepul xizmat koʻrsatilishi va onlayn rasmiylashtirilishi bilan UZCARD virtual kartalari

UZCARD virtual toʻlov kartalari odatdagi plastik kartalarning qulay raqamli analogidir hamda chiqarish va elektron toʻlovlarni amalga oshirish qulay boʻlishi uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Virtual karta qulay toʻlov vositasiga aylanishi mumkin, chunki u oddiy plastik kartaning deyarli barcha funksiyalariga ega: u bilan marketpleyslarda tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun hisob-kitob qilish, obunalarni toʻlash, valyuta ayirboshlash, pul oʻtkazmalarini olish va joʻnatish, transport haqini toʻlash va boshqa koʻp narsalarni amalga oshirish mumkin.

Kartani yaratish uchun atigi bir necha daqiqa vaqt ketadi va darhol undan foydalanishni boshlash mumkin. Buning uchun ilovani yuklab olish va roʻyxatdan oʻtish kerak xolos.

Uni bankka tashrif buyurmasdan ochish mumkin, bu esa vaqtni sezilarli darajada tejaydi va toʻlovlarni tezroq qilishni boshlashga imkon beradi.

Virtual kartalar oddiy kartalardek xavfsizlikga ega. Ulardan foydalanib Internetda hisob-kitoblarni amalga oshirishda, asosiy karta ma’lumotlari haqida tashvishlanmasa boʻladi. Bundan tashqari, onlayn toʻlovlar vaqtida oʻz bank ma’lumotlarini ishonchsiz joyda “qoldirish” xavfi minimal darajaga pasayadi. Shuningdek, eng yaqqol afzallik – mijoz uni yoʻqotolmaydi.

Koʻpgina banklar yangi mahsulotni baholab boʻldilar va virtual kartalarni chiqarishni faol ravishda oshirmoqdalar. UZCARD virtual kartalarini chiqaradigan banklar soni kundan-kunga koʻpayib bormoqda, bu esa mahsulotning foydalanuvchilar uchun qulayligini ortiradi. Bugungi kunda UZCARD virtual kartasini Plum toʻlov ilovasida yoki bir qator banklarning mobil ilovasida ochish mumkin: AT «Xalq banki», TBC Bank, “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Universal bank” ATB, “Garant bank” AJ, “Asakabank” AJ, “HAYOT BANK” AJ, “Asia Alliance Bank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB. Yana bir nechta banklar mahsulotni sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish bosqichida.