Shuni ma’lum qilishdan mamnunmizki, 7 iyun soat 11:00 da Instagram ijtimoiy tarmog’ida UZCARD sahifasida bevosita efirda: https://www.instagram.com/uzcard.uz/ va https://www.promo.uzcard.uz saytida «ONIX ovlash» aksiyasi doirasida yutuqli o’yinning birinchi bosqichi o’tkaziladi.
«ONIXni ovlang» mega-aksiyasi 1-bosqich yutuqli o’yinida 2023 yil 1 maydan 2023 yil 31 maygacha amalga oshirilgan tranzaksiyalar ishtirok qiladi. Aksiya ishtirokchilari o’z IDni quyidagi Telegram-botga kirish orqali bilishlari mumkin: https://t.me/CardXabarBot. Ushbu bosqichda quyidagi qimmatbaho sovg’alar to’plami o’ynaladi:
Avtomobil CHEVROLET ONIX – 1 dona;
Smartfon SAMSUNG GALAXY S23 ULTRA – 2 dona;
Smartfon SAMSUNG GALAXY Z FLIP4 – 2 dona;
Smartfon SAMSUNG GALAXY S23+ – 2 dona.
Eslatib o’tamiz, aksiya ishtirokchisi bo’lish uchun to’lov tizimlari mobil ilovalari yoki banklar to’lov ilovalari orqali UZCARD kartasidan 50 000 so’m va undan ko’proq summada tovarlar va xizmatlar bir marta onlayn to’lovini amalga oshirish kerak. Ushbu oddiy shartlarni bajargan barcha foydalanuvchilar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchilariga aylanadilar.
To’lovlar qanchalik ko’proq bo’lsa, qimmatbaho sovg’ani yutib olish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.
Onlayn to’lagan holda o’zingiz uchun ov mavsumini kashf qiling!
UZCARD Sizga omad tilaydi!
UZCARD veb-saytida promo.uzcard.uz havola orqali oʻtib yoki Call Centerning +998 71 200 28 28 raqami boʻyicha barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni olishingiz, shuningdek aksiya qoidalari bilan tanishishingiz mumkin.