7 iyul kuni soat 19:00 da “ONIXni ovlang” mega-aksiyasining 2-chi bosqichi doirasida foydalanuvchilar tomonidan 2023 yil 1 iyundan 2023 yil 30 iyungacha davrda UZCARD kartalaridan toʻlov ilovalari orqali onlayn amalga oshirilgan 50 000 soʻmlik va undan ortiq tranzaksiyalar ishtirok etadigan qimmatbaho sovrinlar oʻynalishi boʻlib oʻtishi haqida xabar berishdan xursandmiz.
UZCARD aksiyaning barcha ishtirokchilariga gʻoliblarni tanlab olishning shaffof jarayoniga bevosita guvoh boʻlish imkoniyatini beradi, buning uchun 2023 yil 7 iyul kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi Magic City bogʻiga (Registon maydoni) tashrif buyurish kerak bo’ladi. Tadbirning barcha mehmonlarini viktorinalar va DJ Piligrimning yakkaxon chiqishi kutmoqda.
Tadbirga tashrif buyura olmaydiganlar uchun kompaniya an’anaviy ravishda oʻyin jarayonini oʻzining Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi www.instagram.com.uzcard.uz rasmiy sahifasida va aksiyaning www.promo.uzcard.uz veb-saytida onlayn translyatsiya qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2-chi bosqichda quyidagi qimmatbaho sovrinlar toʻplami oʻynaladi:
- CHEVROLET ONIX avtomobili – 1 dona;
- SAMSUNG GALAXY S23 ULTRA smartfoni – 2 dona;
- SAMSUNG GALAXY Z FLIP4 – smartfoni – 2 dona;
- SAMSUNG GALAXY S23+ smartfoni – 2 dona.
Aksiya ishtirokchilari 2-chi bosqich oʻyinida ishtirok etadigan IDlarni rasmiy CardXabarBot Telegram-botida bilib olishlari mumkin.
“ONIXni ovlang” mega-aksiyasida ishtirok etishni istagan har bir kishiga hali ham ishtirok etish imkoni boʻlgan aksiyaning yakuniy uchinchi bosqichi oldinda ekanligini ma’lum qilamiz! Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun UZCARD kartasidan toʻlov tizimlarining mobil ilovalari yoki banklarning toʻlov ilovalari orqali tovarlar va xizmatlar uchun 50 000 soʻmdan ortiq bir martalik onlayn toʻlovlarni amalga oshirish kerak. Ushbu oddiy shartlarni bajargan barcha foydalanuvchilar avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Toʻlovlar qancha koʻp boʻlsa, qimmatbaho sovrinni yutib olish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi.
Onlayn toʻlab, oʻzingiz uchun ov mavsumini oching!
UZCARD Sizga omad tilaydi!
UZCARD veb-saytida promo.uzcard.uz havola orqali oʻtib yoki Call Centerning +998 71 200 28 28 raqami boʻyicha barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni olishingiz, shuningdek aksiya qoidalari bilan tanishishingiz mumkin.