Uzum Marketda UZCARD bilan foydali xaridlar davom etmoqda!

Do‘stlar, UZCARD kartalari bilan Uzum Bank ilovasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda keshbek berilishi 2024-yil 29-fevralgacha uzaytirilgani haqida mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

Quyidagi shartlar orqali marketpleysda foyda bilan xarid qilishga shoshiling:

• Onlayn buyurtmalarni oldindan to‘lashda – 3% keshbek;

• Tarqatish punktlarida to‘lashda – 1% keshbek.

Keshbek eski va yangi turdagi UZCARD kartalar bilan to‘lashda taqdim etiladi. Shu o‘rinda, Uzum Bank ilovasidagi keshbek – bu har doim o‘z xohishingizga ko‘ra, masalan, Uzum Marketdagi  navbatdagi buyurtmalaringizga yoki mobil telefoningiz balansini to‘ldirishga sarflanishi mumkin bo‘lgan real puldir.