UZCARD kartasi bilan xaridlarni amalga oshiring va orzuingizdagi xonadon yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoniyatiga ega boʻling

UZCARDning yirik “Kartani uygʻoting” aksiyasi qizgʻin tus olmoqda. Har kuni tobora koʻproq kartalar roʻyxatdan oʻtib, ishtirokchilar allaqachon imkoniyatlarni toʻplay boshladilar. Eslatib oʻtamiz, aksiya tufayli har bir karta egasi katta pul mukofotlari yoki yangi turar-joy majmuasidagi xonadonning baxtli egasiga aylanishi mumkin!

Qanday qilib ishtirokchi boʻlish mumkin?

Aksiyaga qoʻshilish uchun 2024-yil 15-maydan 2024-yil 31-avgustigacha boʻlgan davr mobaynida promo.uzcard.uz veb-saytida yoki Telegramdagi UZCARD_promo_bot botida UZCARD kartalarini roʻyxatdan oʻtkazish zarur. Aksiyada 8600, 5614, 6262, 5440 raqamlaridan boshlanadigan kartalar ishtirok etishi mumkin.

Qoidalar oʻsha-oʻsha. UZCARD kartalari bilan qancha koʻp toʻlov amalga oshirsangiz, gʻalaba qozonish imkoniyatingiz ham shuncha koʻpayadi. 100 000 soʻmdan boshlanadigan har bir toʻlov yoki pul oʻtkazmasi sizga +1 imkoniyatini beradi. Aynan shu imkoniyat sizga gʻalaba olib kelishi mumkin.

Biroq, birdaniga 5 ta imkoniyatga ega boʻlish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun ishlatilmaydigan kartalaringizni roʻyxatdan oʻtkazing (aksiya doirasida roʻyxatdan oʻtish vaqtida 90 kun davomida ishlanmagan karta ishlatilmaydigan deb hisoblanadi). Bunday kartani roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng 100 000 soʻm yoki undan ortiq birinchi toʻlov uchun sizga birdaniga 5 ta imkoniyat taqdim etiladi.

Shuningdek siz, gʻolib boʻlish imkoniyatini oshirish uchun Oʻzbekistonning istalgan bank filialida yangi UZCARD kartasini olishingiz ham mumkin. Uni roʻyxatdan oʻtkazganingizda, sizga bir martalik 5 ta imkoniyat taqdim etiladi.

Aksiya 4 bosqichda oʻtkaziladi. Dastlabki uch bosqichda 15 million soʻm qiymatidagi 3 ta pul sertifikati va 50 million soʻm qiymatidagi 1 ta pul sertifikati oʻynaladi. Asosiy bosqichning oxirida aksiyaning bosh mukofoti boʻlmish – yangi turar-joy majmuasidagi shinam xonadon oʻynaladi!

Eslatib oʻtamiz, kvartirani oʻynashda ishtirok etish uchun siz aksiyaning butun davri mobaynida kamida 15 ta imkoniyatni toʻplashingiz kerak.

An’anaga koʻra, UZCARD aksiya gʻoliblari uchun soliq toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.

Hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartirish imkoniyatini qoʻldan boy bermang. Aksiyaga qoʻshiling va UZCARD bilan orzularingiz tomon yanada yaqinlashing.

Call Centre: +998 (71) 200 28 28 / 1257