Bugun UZCARD yurtimiz aholisi farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatli faoliyatining 21 yilligini nishonlamoqda.
Yillar davomida UZCARD O‘zbekistonda fintex va to‘lovlar sanoatining yetakchi o‘yinchisi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, naqd pulsiz hisob-kitoblar infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga hissa qo‘shdi.
Biz birinchi milliy to‘lov tizimni ishga tushirishdan tortib, foydalanuvchilar va hamkorlarni birlashtiradigan, hamda kelajak uchun cheksiz imkoniyatlar ochadigan texnologik yetakchi maqomigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik.
Alohida faxr bilan ta’kidlaymizki, bizning ijtimoiy tashabbuslarga qo‘shgan hissamiz – ta’lim va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashdan tortib, mamlakatda raqamli savodxonlikni targ‘ib etishgacha – hamisha ustuvor yo‘nalish bo‘lib kelgan.
Bizning eng katta qadriyatimiz – bu ishonch.
Mijozlarimiz, hamkorlarimiz va butun UZCARD jamoasining ishonchi.
Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat!
#UZCARD #21yilbirga