“YUPM” AJ soliqservis.uz elektron hujjat aylanish saytida reklama bannerini joylashtirish va ushbu servisning ijtimoiy tarmoqlarida ikkita post joylashtirish uchun xizmat yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha Tanlov e’lon qiladi

Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablarni buyurtmachi tayyorlaydi va tanlov hujjatlari doirasida Tanlov Ishtirokchisiga taqdim etadi – 23/02/2026 yil
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini taqdim etish muddati 02/03/2026 yil soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda olingan takliflarni Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligi yuzasidan 04/03/2026 yilgacha boʻlgan muddatda texnik baholashni amalga oshiradi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi oʻzining yakuniy narx taklifini 06/03/2026 yilgacha yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 13/03/2026 yilgacha.

Hujjatlar toʻplami bilan tijorat takliflari 2026 yil 2 mart soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi, ular quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;

– tijorat taklifi (2-shakl);

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan KTS fayli (3-shakl).

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllardan iborat boʻlgan xarid hujjatlarini ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin.