UZCARD Toshkent shahrida kvartira yoki 15 milliondan 50 million soʻmgacha pul sovrinlarini yutish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi

Yangi uy haqida orzu qilayotganmidingiz? “Kartani uygʻoting” aksiyasi doirasida UZCARD oʻz foydalanuvchilariga yangi turar-joy majmuasida kvartira yutib olish imkoniyatni taqdim etadi! Aksiyaning barcha ishtirokchilari nafaqat yangi xonadon egasi boʻlish, balki 15 million soʻm (9 dona) va 50 million soʻm (3 dona) miqdoridagi pul sertifikatlariga ham ega bo`lishlari mumkin.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin? UZCARD kartangizni @UZCARD_promo_bot Telegram botida yoki promo.uzcard.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtkazib va har bir 100 000 soʻm va undan ortiq toʻlov uchun bittadan imkoniyatini qoʻlga kiriting.

Bir muncha vaqtdan beri ishlatmagan kartangiz bormi? Uni faollashtiring! 100 000 soʻm yoki undan koʻp pul oʻtkazmasini amalga oshiring va “Kartani uygʻoting” aksiyasida ishtirok etish uchun 5 ta imkoniyatga ega boʻling!

Aksiyada 8600**, 5614**, 5440**, 6262*** dan boshlangan barcha UZCARD kartalari ishtirok etishi mumkin. UZCARD kartangiz yoʻqmi? Uni tijorat bankining istalgan filialida ochtiring va botda roʻyxatdan oʻtish orqali 5 ta imkoniyatga ega boʻling.

Imkoniyatlar 100 000 soʻmdan boshlab toʻlovlar uchun, jumladan kommunal xizmatlar, mobil aloqa, Internet va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar, shuningdek, terminallar orqali toʻlovlar va bankomatlardan naqd pul olish uchun toʻlovlar uchun beriladi, biroq, to’lovlardan oldin kartani @UZCARD_promo_bot botida yoki promo.uzcard.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtkazishni unutmang.

Aksiya uchta bosqichda oʻtkaziladi:

Bosqich Davr Sovrinning nomi Soni
1. 15.05.2024 – 30.06.2024 15 million so`mlik pul sertifikati

50 million so`mlik pul sertifikati

3 dona

1 dona

2. 01.07.2024 – 31.07.2024 15 million so`mlik pul sertifikati

50 million so`mlik pul sertifikati

3 dona

1 dona

3. 01.08.2024 – 31.08.2024 15 million so`mlik pul sertifikati

50 million so`mlik pul sertifikati

3 dona

1 dona

Asosiy 15.05.2024 – 31.08.2024 Kvartira uchun sertifikat 1 dona

Kvartira sovrinli o`yinida ishtirok etish uchun siz aksiyaning butun davri davomida kamida 15 ta imkoniyat toʻplashingiz kerak. To’lovlar qancha ko’p bo’lsa, gʻalaba qozonish imkoniyati shunchalik ko’p!

UZCARD doimgidek aksiyalarda yutuqlar uchun soliq toʻlashni oʻz zimmasiga oladi. Bu shuni anglatadiki, soliq toʻlash haqida qaygʻurish shart emas va siz e’tiboringizni xonadoningiz uchun yangi divan tanlash kabi quvonchli onlarga qaratishingiz mumkin.

Koʻproq ma’lumot va aksiya shartlari bilan @UZCARD_promo_bot, promo.uzcard.uz  veb-saytida yoki 1257 qisqa raqami orqali tanishishingiz mumkin.