2024-yilning 25-fevrali kuni UZCARD hamkorligi asosida Amity universitetida 9-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili boʻyicha Olimpiada oʻtkazilib, gʻoliblarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Barcha ishtrokchilar oʻzlarini namoyon etish va bilimlarini sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tadbirda 1070 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar munosib ravishda tanlov shartlarini bajardilar. Ular ingliz tili leksikasi, orfografiyasi va grammatikasi boʻyicha test sinovlarini muvafaqqiyatli yakunlab, ommaviy viktorinaning tasodifiy savollariga ingliz tilida javob berish orqali oʻzlarining ingliz tilida suhbatlashish koʻnikmalarini ham namoyish etdilar.
Shu kunning oʻzida tantanali ravishda mukofotlash marosimi ham oʻtkazilib, Olimpiada gʻoliblariga UZCARD tomonidan quyidagi qimmatbaho sovgʻalar topshirildi:
- Birinchi oʻrin uchun – HP Pavilion Aero noutbuki;
- Ikkinchi oʻrin uchun – Samsung Galaxy Tab S9;
- Uchinchi oʻrin uchun – Xiaomi Mi 13 Lite smartfoni.
UZCARD gʻoliblarni yuqori natijalar bilan chin dildan tabriklaydi va ularning ota-onalari hamda ustozlariga ishtirokchilarni puxta tayyorlab va doimiy tarzda qo’llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiradi!