UZCARD «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi

9 oktyabr kuni onlayn to‘lovlar madaniyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida UZCARD to‘lov tizimi tomonidan tashkil etilgan «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi bosqich sovrinlari o‘ynaldi.

Ikkinchi bosqichda 1–30 sentyabr kunlari 50 000 so‘mdan boshlab onlayn xarid va o‘tkazmalar amalga oshirgan UZCARD kartalari egalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida har biri 10 000 000 so‘m miqdoridagi ikkita pul sertifikati hamda Vyetnamning Fukuok oroliga ikki nafarga mo‘ljallangan sayyohat yo‘llanmasi qo‘yildi.

O‘yin UZCARDning Instagramdagi rasmiy sahifasida, kompaniyaning YouTube-kanalida va aksiya sayti promo.uzcard.uz orqali jonli efirda o‘tkazildi. Jonli efirga qo‘shila olmaganlar uchun yozuv UZCARDning YouTube-kanalida mavjud.

Natijalar quyidagicha:

  1. ID-kod: 025641353528, karta raqami: 5614 XXXX XXXX 0430 – 10 million so‘m
  2. ID-kod: 026067107821, karta raqami: 8600 XXXX XXXX 8819 – 10 million so‘m
  3. ID-kod: 025801083005, karta raqami: 6262 XXXX XXXX 4552 – Fukok oroliga (Vetnam) ikki kishilik sayohat

Oktyabr oyidan aksiyaning uchinchi bosqichi start oldi. U 31 oktyabrgacha davom etadi va yakunlariga ko‘ra yana har biri 10 000 000 so‘mlik ikkita pul sertifikati hamda Maldiv orollariga ikki nafarga yo‘llanma o‘ynaladi.

Eng muhimi — ishtirokchilar hali ham asosiy sovrin — BYD Yuan UP elektromobili yutuqli o‘yinida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni to‘plash imkoniga egalar!

UZCARD kartalaridan 50 000 so‘mdan boshlagan har qanday onlayn to‘lov — bitta imkoniyat, kartadan kartaga o‘tkazma — ikkita imkoniyat beradi. Imkonitatlar soni va ularga biriktirilgan ID-kodlarni aksiyaning rasmiy telegram-boti: @UZCARD_promo_bot da tekshirishingiz mumkin.

Aksiyaning batafsil shartlari, sovrinlarni topshirish tartibi va qo‘shimcha ma’lumotlar aksiyaning rasmiy veb-saytda.