UZCARD jamoasi ZAAMIN ULTRA 2024 xayriya yugurishining bir qismiga aylandi

Oʻtgan dam olish kunlari, 1-iyundan 2-iyungacha Zomin milliy tabiat bogʻida xayriya ultramarafoni oʻtkazildi. Musobaqada ishtirok etish uchun kompaniyaning turli boʻlinmalari xodimlaridan iborat UZCARD jamoasi korporativ ijtimoiy mas’uliyat va xayriya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash istagini namoyish etdi. UZCARD yuguruvchilari 2 dan 10 kilometrgacha boʻlgan masofalarni muvaffaqiyatli bosib oʻtdilar.

ZAAMIN ULTRA 2024 har yili koʻplab ishtirokchilarni jalb qiladi. Xayriya yugurishi oʻzining goʻzal tabiiy manzaralari va toza havosi bilan tanilgan chiroyli bogʻida oʻtkazildi. Ishtirokchilar nafaqat sport musobaqasidan, balki ajoyib manzaralardan ham bahramand boʻlishga muvaffaq boʻlishdi. Bu esa musobaqani yanada unutilmas boʻlishiga xizmat qildi.

UZCARD bunday tadbirlarda ishtirok etish jamoaviy ruhni mustahkamlashga, oʻzaro yordam va qoʻllab-quvvatlash madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshishiga ishonadi.

UZCARD Oʻzbekistonning birinchi milliy toʻlov tizimi hisoblanadi. 2024-yil oktabr oyida kompaniya oʻzining 20 yilligini nishonlaydi.

UZCARD toʻlov operatsiyalari xavfsizligini ta’minlab, toʻlovlarni protsesslash, tijorat banklari, toʻlov kompaniyalari va boshqa bozor ishtirokchilarini bir dasturiy platforma asosida yagona toʻlov maydoniga birlashtiradi. Banklarga toʻlov kartalari loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirishda, moliyaviy, texnik va boshqa resurslarni tejashda markazlashtirilgan yordam koʻrsatishga koʻmaklashadi.