Venchur investitsiyalari bo‘yicha amaliy intensiv mashg‘ulotlarning ishga tushishi

12-fevraldan 16-fevralgacha “UzAngels” biznes klubi “UZCARD Ventures” korporativ fondi ko‘magida va xalqaro ekspertlar ishtirokida venchur investitsiyalar bo‘yicha oflayn intensiv mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Kurs foydali sarmoyalar uchun startaplarni qidirish va baholashni, O‘zbekiston bozorida va xorijda muvaffaqiyatli chiqish strategiyalarini yaratishni o‘rganishni istaganlar uchun maxsus tayyorlangan.

Kursda venchur fondlarni boshqarish va startaplarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega xalqaro ekspertlar sizga investitsiyalaringizni qanday saqlab qolish, to‘plash va ko‘paytirishni o‘rgatadi.

5-fevral kuni “Venchur investitsiyalariga kirish” mavzusida bepul mahorat-darsi bo‘lib o‘tadi. U yerda ekspertlar venchur bozorinring tuzilishi, startaplarga qanday va nima uchun sarmoya kiritish, o‘z kapitalingizni qanday qilib ishlashga majbur qilish va yuqori xavfli loyihalarga investitsiya kiritishda xavfni qanday kamaytirishingiz mumkinligi haqida so‘zlaydilar.

Kursning to‘liq dasturi quyidagi mavzular bo‘yicha to‘rt kunlik intensiv amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi:

Startaplarni qidirish va saralash
Loyihalarni baholash
Investitsiyalarni xatarlardan himoya qilish
Startaplar uchun qiymatlarni taqdim yetish
Bitimning huquqiy tuzilishi
Investitsiyalardan chiqish strategiyasini yaratish
Xalqaro investitsiyalarning xususiyatlari

Kurs ishtirokchilari nafaqat turli investitsiyalash strategiyalari haqida nazariy bilimlarga, balki investitsiya amaliyotiga ham ega bo‘ladilar. Kursda mutaxassislar bilan birgalikda investitsiya izlashda haqiqiy startaplarni baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

5-fevraldagi bepul mahorat-darsida yoki butun dasturda qatnashish uchun 2022-yil 31-yanvargacha ariza topshirish kerak. Batafsil ma’luot saytda.

Sana va vaqt:

5-fevral soat 15:00 da – bepul mahorat-darsi

Asosoiy kurs 12, 13, 14, 16-fevral kunlari soat 18:00 dan 22:00 gacha

Format:

Kunduzgi ta’lim