UZCARD NTA (Network Traffic Analyzer) toifasidagi tizimni sotib olish uchun tender e’lon qiladi

Tender o‘tkazish bosqichlari:

1. Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya veb-saytida mavjud. Joylashtirilgan sana – 14.11.2024.

2. Savol-javob sessiyasi. Ishtirok etish uchun ariza (ro‘yxatdan o‘tish) va barcha savollar 20.11.2024 gacha yozma ravishda elektron pochta orqali yuborilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga 25.11.2024 (shu kuni ham) gacha javoblar taqdim etiladi.

3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini narxlar bilan birga 29.11.2024 soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) taqdim etishi kerak.

4. Takliflarni baholash 03.12.2024 gacha.

5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 06.12.2024 gacha.

6. Tender natijalarini tasdiqlash taxminan 13.12.2024 gacha

To‘lov valyutasi – so‘m;

Hisob-kitob tartibi: elektron hisob-faktura imzolangandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni ichida 100 foiz to‘lov;

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – Xarid departamenti.

Elektron pochta: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz;

Mobil telefon: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2024-yil 29-noyabr soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bo‘yicha) elektron shaklda Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

2024-yil 20-noyabrgacha potensial yetkazib beruvchilarga ushbu tenderda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.

Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani bosing.