Tender bekor qilindi
Ushbu tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati 18:00 25.12.2024-yilgacha uzaytirilganligi to‘g‘risida sizga xabar beramiz.
1-lot: Server
2-lot: Tasmali kutubxona
Tender o‘tkazish bosqichlari:
- Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya veb-saytida mavjud. Joylashtirilish sanasi – 11.12.2024.
- Savol-javob sessiyasi. Ishtirok etish uchun ariza (ro‘yxatdan o‘tish) va barcha savollar 2024-yil 14-dekabrga qadar elektron pochta manziliga yozma shaklda yuborilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga javoblar 16.12.2024 (shu kun ham) gacha taqdim etiladi.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini narxlar bilan birga 18.12.2024 kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etadi.
- Takliflarni baholash 24.12.2024 gacha.
- Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 27.12.2024 gacha.
- Tender natijalarini tasdiqlash taxminan 02.01.2025 gacha.
To‘lov valyutasi – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun so‘m, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun – AQSH dollari;
Hisob-kitob tartibi: elektron hisobvaraq-faktura imzolangandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni ichida 100 foiz.
Mas’ul shaxs:
Rahimov Kozimjon – Xaridlar departamenti.
E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.
Mobil: +998 97 344 49 55
Tender hujjatlari 2024-yil 18-dekabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti) gacha elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi.
2024-yil 14-dekabrgacha potensial yetkazib beruvchilarga yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ro‘yxatdan o‘tish maqsadida ushbu tenderda ishtirok etish uchun ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.
Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani bosing.