«YUPМ» AJ Kemp LM-X40 uskunasi uchun texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatini ko‘rsatuvchi ta’minotchi tanlash bo‘yicha tender e’lon qiladi

Tender o‘tkazish bosqichlari:

1. Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirilgan sana – 17.12.2024-yil.

2. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 23.12.2024-yilgacha elektron manziliga yozma shaklda yuborilishi lozim. Javoblar 23.12.2024-yilgacha taqdim etiladi.

3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini parol bilan himoyalangan arxivda 24.12.2024-yil Toshkent vaqti bilan soat 17:00 gacha taqdim etadi. Arxiv Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga, parol esa tender nomi ko‘rsatilgan holda Sardor.Aliev@uzcard.uz elektron pochtasiga yuboriladi. Keyingi chegirma so‘rovi,nazarda tutilmagan.

Tijorat takliflari 2024-yil 24-dekabr kuni soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim. Takliflar quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi shart:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– talab qilingan shaklga muvofiq tijorat taklifi;

Shartnomnaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan to‘ldirilgan KTS fayli.

Ishtirokchilar ushbu havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.