«YUPM» AJ tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’minotchini tanlash bo‘yicha tanlov (yillik shartnoma) e’lon qiladi
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
- Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, tanlov hujjatlari doirasida 2025-yil 20-fevralgacha tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
- Potensial yetkazib beruvchi tanlov hujjatlarini parol bilan himoyalangan arxivda 2025-yil 28-fevral soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) taqdim etadi. Arxiv Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga, parol esa Davron.Xojayev@uzcard.uz elektron pochtasiga tanlov nomi ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Chegirmalar bo’yicha keyingi so’rov nazarda tutilmagan.
- Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda 2025-yil 5-martgacha bo‘lgan muddatda qabul qilingan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi.
- Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx so‘rovini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2025-yil 7-martgacha yuborishi lozim.
- Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash-2025-yil 14-fevralgacha amalga oshiriladi.
Tijorat takliflari 2025-yil 28-fevral kuni soat 17:00 gacha, parol bilan himoyalangan arxiv faylida Toshkent vaqti bilan 2025-yil 28-fevral kuni soat 17:00 gacha qabul qilinadi. Arxiv fayl Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron manziliga, parol esa Davron.Xojayev@uzcard.uz elektron manziliga tanlov nomi ko‘rsatilgan holda yuborilishi lozim. Takliflar quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– to‘ldirilgan texnik talablar jadvali (№1 shakli);
– tijorat taklifi (№2 shakli);
– shartnomnaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan to‘ldirilgan KTS fayli (№3shakli).
Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.