UZCARD to‘lov tizimi Humans servisi faoliyatidagi cheklovlar bilan bog‘liq joriy vaziyat haqida o‘z mijozlari va jamoatchilikni xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bayonotiga ko‘ra, 9-dekabr holatiga AО “Octagram” (Paylov savdo belgisi) tomonidan Humans mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, UZCARD kartalarida saqlanayotgan barcha mablag‘lar to‘liq himoyalangan.
UZCARD kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalar — to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, naqd pul yechib olish — odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda. Foydalanuvchilar kartalardan barcha bankomatlar, terminallar, shuningdek banklar va hamkorlarning mobil ilovalarida foydalanishni davom ettirishlari mumkin.
UZCARD mijozlarning e’tiborini xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligiga qaratadi:
- PIN-kodlar, bir martalik SMS-kodlar, parollar va boshqa karta ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermang;
- Operatsiyalar amalga oshiriladigan ilova va servislarning haqiqiyligini tekshirib boring;
- Shubhali havolalarga o‘tirmang va ishonchsiz xabarlarga javob bermang.
Barcha savollar, texnik yoki tashkiliy masalalar yuzasidan bankingizning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yoki UZCARD vakillariga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.