«YUPM» AJ Kemp uskunalari uchun texnik yordam xizmati provayderini tanlash bo‘yicha tender e’lon qiladi.

Kemp uskunalari uchun texnik yordam xizmati provayderini tanlash bo‘yicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2025-yil 19-dekabrgacha uzaytiriladi.

Tender bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning rasmiy saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 10.12.2025y.
  2. Savol-javoblar sessiyasi. Barcha savollar yozma shaklda elektron pochtaga 15.12.2025 yilgacha yuborilishi kerak . Javoblar 16.12.2025 yilgacha beriladi.
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 15.12.2025 sanasi soat 14:00gacha taqdim etadi. (davomida).
  4. Takliflarni tahlil qilish va baholash muddati 18.12.2025 yilgacha.
  5. Yakuniy narxlar so’rovi 22.12.2025 yilgacha. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini parollangan arxiv faylda 22.12.2025 sanasi Toshkent vaqti bilan soat 16.00 gacha taqdim etadi.

 Tijorat takliflari 2025-yil 19-dekabr soat 14:00 ga qadar Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik bo‘limi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– mavjud talablar asosida shakllantirilgan tijorat taklifi;

– shartnomaning asosiy talablari bilan to‘ldirilgan SHAT fayli.

Ishtirokchilar xarid hujjatlarini, shu jumladan to‘ldirish uchun barcha shakllarni quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin.