Kemp uskunalari uchun texnik yordam xizmati provayderini tanlash bo‘yicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2025-yil 19-dekabrgacha uzaytiriladi.
Tender bosqichlari:
- Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning rasmiy saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 10.12.2025y.
- Savol-javoblar sessiyasi. Barcha savollar yozma shaklda elektron pochtaga 15.12.2025 yilgacha yuborilishi kerak . Javoblar 16.12.2025 yilgacha beriladi.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 15.12.2025 sanasi soat 14:00gacha taqdim etadi. (davomida).
- Takliflarni tahlil qilish va baholash muddati 18.12.2025 yilgacha.
- Yakuniy narxlar so’rovi 22.12.2025 yilgacha. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini parollangan arxiv faylda 22.12.2025 sanasi Toshkent vaqti bilan soat 16.00 gacha taqdim etadi.
Tijorat takliflari 2025-yil 19-dekabr soat 14:00 ga qadar Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Xavfsizlik bo‘limi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– mavjud talablar asosida shakllantirilgan tijorat taklifi;
– shartnomaning asosiy talablari bilan to‘ldirilgan SHAT fayli.
Ishtirokchilar xarid hujjatlarini, shu jumladan to‘ldirish uchun barcha shakllarni quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin.