Tez QR bilan to‘lovlarda to‘liq erkinlik: terminaldagi QR-kodni skanerlang va o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan karta yoki elektron hamyonni tanlang

Terminalda paydo bo‘ladigan QR-kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali skanerlash orqali, plastik kartadan foydalanmasdan xaridlar uchun to‘lov qilish imkonini beruvchi Tez QR xizmati rivojlanishda davom etmoqda va naqdsiz to‘lovlarni yanada qulaylashtirmoqda. Foydalanuvchi to‘lov uchun istalgan qulay usulni tanlashi mumkin: UZCARD, HUMO, VISA, Mastercard, UnionPay kartalari, nasiya kartalari, shuningdek bank hisob raqami yoki elektron hamyon. Bugungi kunda Tez QR, UZCARD ekotizimining asosiy servislaridan biri bo‘lib, savdo nuqtalari, banklar va mijozlarni yagona to‘lov formatida birlashtiradi.

Yangilangan funksionallikdan birinchi bo‘lib Universalbank, Anorbank va Xalq banki mijozlari foydalana boshladi.

Universalbank’ning UniRED mobil ilovasida foydalanuvchilar endi Tez QR orqali xaridlar uchun nafaqat UZCARD kartalari, balki HUMO kartalari hamda Universalbank tomonidan chiqarilgan VISA kartalari orqali ham to‘lov qilishlari mumkin.

Anorbank ilovasida esa HUMO kartalari, Anorbank’ning firma nasiya kartasi va, albatta, UZCARD kartalari orqali to‘lov qilish imkoniyati mavjud bo‘ldi.

Bundan tashqari Xalq bankining Xazna ilovasida foydalanuvchilar UZCARD va HUMO kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Yaqin vaqt ichida turli to‘lov tizimlariga mansub kartalar bilan to‘lov qilish imkoniyati boshqa hamkor ilovalarda ham paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda Tez QR butun mamlakat bo‘ylab 80 000 dan ortiq savdo nuqtalarida qo‘llanilmoqda va 24 ta mobil ilovaga integratsiya qilingan. Xarid uchun to‘lov qilish uchun terminalda karta orqali to‘lov tanlanganda paydo bo‘ladigan QR-kodni skanerlash kifoya. Shundan so‘ng to‘lov mobil ilovada foydalanuvchi tomonidan tasdiqlanadi — qulay, tez va jismoniy kartadan foydalanmasdan.

Tez QR naqdsiz to‘lovlarni haqiqatan ham universal jarayonga aylantirmoqda. Foydalanuvchilar xaridni qaysi karta bilan to‘lashni o‘zlari tanlaydilar va shu orqali bizning servisimiz  turli to‘lov tizimlarini birlashtirib, naqd pul olib yurish yoki kerakli kartani izlash zaruratini yo‘qotadi. To‘lov uchun kerak bo‘lgan barcha narsa — allaqachon telefoningizda.

Xizmat haqida batafsil ma’lumot tezqr.uzcard.uz saytida, maslahatlar esa UZCARD’ning 24 soat ishlaydigan Call markazida 1257 raqami orqali mavjud.