Toʻlov servislari foydalanuvchilari uchun axborot

Hozirgi vaqtda moliyaviy tashkilotlar, davlat organlari, banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan firibgarlikka qarshi kurashish maqsadida barqarorlikni ta’minlash va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Foydalanuvchilar mablagʻlarini himoya qilish vositalarini joriy etish vaqti-vaqti bilan onlayn toʻlovlar, pul oʻtkazmalari va ba’zi bank funksiyalari kabi ayrim servislarning ishlashiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

Ma’lumotlarni identifikatsiyalash va tekshirish boʻyicha tashqi davlat servislari faoliyatidagi vaqtinchalik oʻzgarishlar tufayli foydalanuvchilarning bir qismida ma’lumotlarni tasdiqlash talab etiladigan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishda cheklovlar yuzaga kelishi mumkin. Tashqi servislardagi ayrim oʻzgarishlar mobil ilovalardagi foydalanuvchi tajribasiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Bunda, UZCARD toʻlov infratuzilmasi va barcha karta operatsiyalari – toʻlov, oʻtkazmalar va toʻlov servislaridan foydalanish – odatdagidek ishlashda davom etmoqda. Yuzaga keladigan cheklovlar toʻlov tizimining ishlashi bilan bogʻliq emas va vaqtinchalik xususiyatga ega. Texnik ishlar yakunlangach, servislar oʻrtasidagi oʻzaro aloqa odatdagi tartibda tiklanadi.

Raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalarini eslatib oʻtamiz:

  • banklar, toʻlov tashkilotlari va UZCARD xodimlari parollar, tasdiqlash kodlari va bank kartalari ma’lumotlarini soʻramaydi;
  • soʻrov shoshilinch tuyulsa ham, shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang;
  • begona manbalardan olingan ilovalarni oʻrnatmang, faqat rasmiy mobil ilovalar va raqamli kanallardan foydalaning.

Agar toʻlov servislarining ishlashi boʻyicha savollaringiz paydo boʻlsa, har doim banklar va toʻlov tashkilotlarining rasmiy qoʻllab-quvvatlash xizmatlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ishonchingiz va tushunganingiz uchun rahmat.

UZCARD toʻlov infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlashni davom etadi va har doim foydalanuvchilar yonida.