UZCARD va CDTI tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun strategik hamkorlikni tuzdilar

Oʻzbekistonning moliyaviy-texnologik bozori toʻlov infratuzilmasiga boʻlgan talablarni oshirgan holda yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Tadbirkorlar uchun nafaqat naqd pulsiz toʻlovlarni qabul qilish, balki biznesning kundalik faoliyatini ta’minlaydigan jarayonlarning barqarorligi, shaffofligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilish muhimdir.

UZCARD milliy toʻlov tizimi sifatida ekvayring va naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun ochiq va standartlashtirilgan infratuzilmani rivojlantiradi. Ushbu strategiya doirasida UZCARD Smart Business (ex. UZKASSA) savdoni avtomatlashtirish boʻyicha flagman yechim egasi boʻlgan CDTI kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni tuzdi. Imzolangan memorandum tomonlarning standartlar, jarayonlarning boshqaruvchanligi va biznes oldidagi javobgarlikka asoslangan toʻlov muhitini rivojlantirishga yagona yondashuvini mustahkamlaydi.

CDTI yechimlaridan bugungi kunda butun mamlakat boʻylab oʻn minglab savdo nuqtalari hamda kichik va oʻrta biznes korxonalari foydalanadi. Ular uchun toʻlov va kassa servislarining uzluksiz ishlashi tushum, xizmat koʻrsatish sifati va mijozlar ishonchiga bevosita ta’sir koʻrsatadi.

Chuqurlashtirilgan hamkorlik doirasida CDTI va UZCARD yaqin 90 kun uchun “Yoʻl xaritasi”ni (Roadmap) tasdiqladilar. Hujjat tomonlarning oʻzaro hamkorligi tamoyillarini hamda biznes jarayonlarining uzluksizligini kafolatlovchi Smart Business mijozlari uchun barqaror, texnologik jihatdan toʻgʻrilangan va bashorat qilinadigan va biznes jarayonlarning uzluksizligiga kafolat beruvchi infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich harakatlar rejasini mustahkamlaydi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston tadbirkorlarining qariyb 30 foizi CDTI yechimlaridan foydalanmoqda, bu esa toʻlov infratuzilmasini rivojlantirishda yuqori mas’uliyatni talab qiladi. UZCARD va CDTI hamkorligi tarmoqni rivojlantirishga tizimli yondashuvning bir qismiga aylanmoqda hamda biznes uchun barqaror va bashorat qilinadigan muhitni yaratib, uzoq muddatli hamkorlik uchun asos shakllantirmoqda.

CDTI UZCARD bilan hamkorlikni yuqori baholaydi va yuksak natijalarga erishishni maqsad qilgan.