Onlayn toʻlovlar omad keltirishni davom etmoqda – UZCARD’dan “Omad mavsumi”da yangi gʻoliblar aniqlandi. Kompaniya “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi mavsumi uchinchi bosqichi yakunlarini e’lon qildi. Yutuqli oʻyin oʻtkazilishida ishtirokchilar tomonidan 2026 yil 1 yanvardan 31 yanvargacha boʻlgan davrda toʻplagan imkoniyatlar ishtirok etdi.
Aksiyaning ikkinchi mavsumi uchinchi bosqichi sovrinlari sohiblariga aylangan ishtirokchilar roʻyxati:
- 027821405325 – 5614 68******6228 – 25 mln soʻmlik pul sertifikati
- 027692891231 – 5614 68******3739 – 25 mln soʻmlik pul sertifikati
- 027091082237 – 8600 33******9966 – 100 mln soʻmlik pul sertifikati
- 027047791513 – 5614 68******4322 – 100 mln soʻmlik pul sertifikati.
Yutuqli o‘yin UZCARD’ning Instagram va YouTube’dagi rasmiy sahifalarida hamda promo.uzcard.uz aksiya saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘tkazildi.
Shu bilan birga, UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasi 2026 yil 28 fevralgacha uzaytirilganini eslatib oʻtadi. Bu shuni anglatadiki, ishtirokchilarda onlayn toʻlovlarni amalga oshirishni davom ettirish, imkoniyatlarni toʻplash hamda 50 va 200 mln soʻm oʻynaladigan yakuniy yutuqli oʻyin oʻtkazilishida ishtirok etish uchun qoʻshimcha vaqt bor.
Imkoniyatlar UZCARD kartalari bilan kundalik onlayn operatsiyalar – xaridlar uchun toʻlovlar, pul oʻtkazmalari, kommunal toʻlovlar va boshqa onlayn toʻlovlar uchun hisoblanadi. Ishtirokchi qancha koʻp imkoniyat toʻplagan boʻlsa, gʻalaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori boʻladi.
An’anaga koʻra, UZCARD kompaniyasi aksiya tashkilotchisi sifatida sovrinlarni topshirish bilan bogʻliq barcha soliq majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
UZCARD uchinchi bosqich gʻoliblarini tabriklaydi va aksiyaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!
Aksiya haqida batafsil: promo.uzcard.uz