UZCARD to‘lov tizimi SHERDOR premium kartalari egalarini xalqaro aeroportlarning biznes-zallariga kirish imkonini beruvchi mobil ilova yangilanganligi haqida xabardor qiladi.
Ilgari biznes-zallarga kirish Every Lounge ilovasi orqali QR-kod yaratish yordamida amalga oshirilgan edi. Xizmat endi yangi nom — Phoenix Pass ostida o‘z ishini davom ettiradi.
Phoenix Pass ilovasini rasmiy App Store va Google Play mobil ilovalar do‘konlaridan yuklab olish mumkin.
O‘tish davrida Every Lounge va Phoenix Pass ilovalarining har ikkalasi bir vaqtda faoliyat ko‘rsatadi. 2026-yil 1-maydan keyin Every Lounge ilovasi mobil ilovalar do‘konlaridan olib tashlanadi, bunda avval o‘rnatilgan versiyani qo‘llab-quvvatlash yana olti oy davomida faoliyat yuritadi.
SHERDOR kartasi egalari uchun biznes-zallarga kirish imtiyozini taqdim etish shartlari o‘zgarishsiz qoladi: mobil ilova orqali butun dunyo bo‘ylab xalqaro aeroportlardagi 1 500 dan ortiq biznes-zallar tarmog‘iga yiliga 6 martagacha bepul kirish.
UZCARD SHERDOR premium kartasini quyidagi hamkor banklarda rasmiylashtirish mumkin: Agrobank, Asakabank, BRB, OFB, Asia Alliance Bank va MKBank.
Karta to‘lov imkoniyatlarini va kengaytirilgan imtiyozlar paketini, jumladan, sayohatlar davomida yuqori darajadagi qulaylik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini o‘zida birlashtiradi.
UZCARD to‘lov tizimi mijozlar uchun xizmatlar ko‘rsatishning barqarorligi, sifati va uzluksizligini ta’minlagan holda, SHERDOR premium liniyasini rivojlantirishda davom etadi.