“YUPM” AJ Kompaniyaning yangi brendini ilgari surish doirasida Nest One va Towers binolari fasadlarida reklama joylashtirish xizmatlarini yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha Tanlov e’lon qiladi

Tanlov oʻtkazish bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablarni buyurtmachi tayyorlaydi va tanlov hujjatlari doirasida Tanlov Ishtirokchisiga taqdim etadi – 03/03/2026 yil.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini taqdim etish muddati 13/03/2026 yil soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda olingan takliflarni Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligi yuzasidan 18/03/2026 yilgacha boʻlgan muddatda texnik baholashni amalga oshiradi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi oʻzining yakuniy narx taklifini 20/03/2026 yilgacha yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 27/03/2026 yilgacha.

Tijorat takliflari 2026 yil 13 mart soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi, ular quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;

– talab qilinadigan shaklga muvofiq texnik talablar;

– talab qilingan shaklga muvofiq tijorat taklifi shakli;

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan KTS fayli.

Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllardan iborat boʻlgan xarid hujjatlarini ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin.