UZCARD kartalari Qozog‘istondagi Halyk Bank tarmog‘ida qabul qilinadi

Tenge Bank, Halyk Bank va UZCARD to‘lov tizimi uch tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi. Tashabbus UZCARD karta egalari uchun O‘zbekiston tashqarisida naqd pulsiz hisob-kitoblar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Mazkur memorandumning imzolanishi transchegaraviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir, — deya izoh berdi Boshqaruv raisi o‘rinbosari Murat Koshenov:

“Bugun biz naqd pulsiz to‘lovlarning odatiy qulayligi chegara bilan cheklanib qolmasligi yo‘lida muhim qadam tashlamoqdamiz. Imzolangan memorandum O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘istonga safarlari davomida o‘z mamlakatida kundalik xaridlar uchun foydalanadigan mahalliy kartalaridan, shu jumladan UZCARD kartalaridan erkin foydalanish imkonini beradi. Yaqin kelajakda O‘zbekistondan kelgan mehmonlar Halyk Bank terminallari infratuzilmasi orqali Qozog‘istonning butun hududida — do‘konlar, mehmonxonalar va restoranlarda — o‘zlarining istalgan to‘lov kartalaridan uydagidek sodda va qulay tarzda foydalanishlari mumkin bo‘ladi”.

“Tenge Bank” ATB Boshqaruvi raisi Beybit Hamitovich Faleyev ta’kidladi:

“Ushbu memorandumning imzolanishi transchegaraviy to‘lov servislarini rivojlantirish bo‘yicha strategiyamizning mantiqiy davomidir. Biz uchun Tenge Bank mijozlari va UZCARD karta egalari mamlakat tashqarisida ham o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan moliyaviy vositalardan cheklovlarsiz foydalanishi muhimdir. Hamkorlarimiz bilan birgalikda mijozlarning zamonaviy kutgan talablariga javob beradigan hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi moliyaviy integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay va ommabop to‘lov muhitini shakllantirmoqdamiz”.

“Ishonchimiz komilki, Tenge Bank va Halyk Bank bilan hamkorlikdagi ishlar raqamli moliyaviy servislarni yanada rivojlantirish, yangi texnologik yechimlarni joriy etish hamda mintaqada naqd pulsiz to‘lovlar ommabopligini oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi”, — deya izoh berdi UCMG MChJ tijorat direktori Olimjon Zokirov.