2026-yil 6-maydan boshlab UZCARD kartalari bo‘yicha bildirishnomalarni olish uchun mo‘ljallangan Telegram-bot — CardXabar servisidan foydalanishning yangilangan shartlari kuchga kiradi.
Yangi foydalanuvchilar uchun imtiyozli davr nazarda tutilgan: ilk ulanishda 250 tagacha bildirishnomani o‘z ichiga olgan START paketi foydalanishning birinchi oyi uchun bepul taqdim etiladi.
Bildirishnomalar limiti tugagandan so‘ng tizim foydalanuvchini avtomatik ravishda bildirishnomalar soni ko‘proq bo‘lgan keyingi paketga o‘tkazadi hamda paketlar qiymati o‘rtasidagi farqni yechib oladi.
Foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab standart tariflash amal qiladi. Yangi hisob-kitob davri boshida avvalgi paket qoldig‘i nolga tenglashtiriladi, START paketi avtomatik ravishda faollashtiriladi hamda kartada yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, uning qiymati yechib olinadi.
Agar oy davomida foydalanuvchi amaldagi paket limiti yana oshib ketsa, servis bildirishnomalar soniga ko‘ra keyingi mos paketni avtomatik aniqlaydi va paketlar qiymati o‘rtasidagi farqni yechib oladi.
Servisning amaldagi tariflari va shartlari “PLUM TECHNOLOGIES” AJ ofertasida joylashtirilgan.
CardXabar servisi “PLUM TECHNOLOGIES” AJ tomonidan taqdim etiladi.