Ushbu tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati 2024–yil 15-noyabrgacha uzaytirilganligi to‘g‘risida sizga xabar beramiz
Tanlov bosqichlari:
- Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlaydi va tender hujjatlari doirasida tender ishtirokchisiga taqdim etadi –28/10/2024.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari to‘plamini tayyorlaydi va Buyurtmachiga 15/11/2024 gacha (shu kuni ham qo‘shilgan holda) taqdim etadi.
- Ishtirokchilarni saralash va qisqa ro‘yxatni shakllantirish – 20/11/2024 gacha.
- Yakuniy narxlar so‘rovi – 22/11/2024 gacha.
- Tender natijalarini tasdiqlash (taxminiy) – 06/12/2024 gacha.
Tijorat takliflari 2024 yil 15 noyabr soat 18:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– To‘ldirilgan texnik talablar jadvali (SOC);
– Talab qilingan shakl bo‘yicha tijorat taklifi (TCO);
– To‘ldirilgan asosiy shartlar bilan KTS fayli.
Ishtirokchilar xarid hujjatlarini quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin.