UZCARD’dan “Omadli o‘tkazma” aksiyasining Qirg‘izistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi

UZCARD o‘z kartalaridan Qirg‘izistonga Elcard kartalariga amalga oshiriladigan transchegaraviy pul o‘tkazmalari servisining rivojlanishiga qaratilgan “Omadli o’tkazma” aksiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.

2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 31-yanvargacha o‘tkazilgan aksiya yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘rtasida sovrinlar o‘ynaldi. Yutuqli o‘yin UZCARD’ning Instagram va YouTube’dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda bo‘lib o‘tdi.

5 000 000 so‘mlik pul sertifikatlari g‘oliblari:

Tartib raqami ID-tranzaksiyalar
1. 66 27650413192
2. 12 27401608845
3. 29 27450364770
4. 115 27828846062
5. 139 27902826058
6. 37 27499237512
7. 82 27732737029
8. 14 27402924456
9. 151 27941163169
10. 34 27471965806

iPhone 17 Pro 256 GB sovrinlarining uch nafar baxtli egalari:

Tartib raqami ID-tranzaksiyalar
1. 8 27397037152
2. 127 27867968906
3. 146 27927071736

Ishtirokchilar o‘z ID-tranzaksiyalarini aksiya rasmiy botida – p2p_uzcard_bot’ning “Imkoniyatlarni tekshirish” bo‘limi orqali tekshirishlari mumkin. G‘oliblar kompaniya vakillari tomonidan qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi, sovrinlarni topshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. An’anaga ko‘ra, UZCARD sovrinlarni olish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

2025-yilda transchegaraviy pul o‘tkazmalari servisining ishga tushirilishi ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalarni sezilarli darajada soddalashtirib, qarindoshlik, ijtimoiy va ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qulay imkoniyat yaratdi. Aksiya davomida mijozlar servisdan faol foydalandilar, bu esa xalqaro pul o‘tkazmalari sohasida ishonchli va hamyonbop yechimlarga bo‘lgan yuqori talabni yana bir bor tasdiqladi.

Kompaniya foydalanuvchilarga bildirilgan ishonch hamda milliy to‘lov tizimi servislarini tanlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Transchegaraviy pul o‘tkazmalarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda va UZCARD hamkorlar bilan birgalikda xizmatlar qatorini tizimli ravishda kengaytirishda davom etadi.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni havola orqali yoki 1257 raqami orqali qo’llab quvvatlash markaziga murojaat qilib olishingiz mumkin.