UZCARD kompleks tushlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi

Tender bosqichlari:

  1. Funktsional va texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniya veb-saytida joylashtiriladi. Joylashtirish sanasi — 18.02.2026.
  2. Potensial yetkazib beruvchi Buyurtmachi bilan kelishilgan holda xizmat ko‘rsatish hududi bilan 24.02.2026 sanagacha tanishishi mumkin.
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 27.02.2026 soat 23:00 gacha (Toshkent vaqti) taqdim etadi.
  4. Takliflarni baholash — 06.03.2026 gacha.
  5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi — 13.03.2026 gacha.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnoma imzolash — taxminan 20.03.2026 gacha.

To‘lov valyutasi: so‘m.

Hisob-kitob tartibi: bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan va hisob-faktura qabul qilingandan so‘ng, har oy 15 ish kuni ichida 100% miqdorda to‘lanadi.

Mas’ul shaxs:

Rahimov Kozimjon — xaridlar departamenti.

E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz

Mobil: +998 (97) 344-49-55

Tender hujjatlari 2026-yil 27-fevral kuni soat 23:00 gacha (Toshkent vaqti), elektron shaklda Kozim.Rakhimov@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi.

Tender hujjatlarini yuklab olish uchun havolani bosing.