«YUPM» AJ UZCARD yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Lot №1: UZCARD brendini yangilash strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli kanallarda blogerlarni jalb etgan holda agentlik xizmatlari.

Tenderni o‘tkazish bosqichlari:

  • Funksional va texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida Ishtirokchiga taqdim etiladi — 16/02/2026

  • Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari paketini 23/02/2026 kuni soat 15:00 gacha (shu jumladan) tayyorlaydi

  • Potensial yetkazib beruvchilar bilan uchrashuv (zarurat bo‘lsa, onlayn), Buyurtmachi tomonidan dastlabki ma’lumotlarni taqdim etish — 24–26/02/2026

  • Ishtirokchilar takliflarini tahlil qilish va baholash — 04/03/2026 gacha

  • Yakuniy narxlarni so‘rash — 06/03/2026 gacha

  • Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomalashtirishni boshlash — taxminan 10/03/2026 gacha

Tijorat takliflari 2026-yil 23-fevral kuni soat 15:00 gacha Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron manziliga qabul qilinadi.

Tenderga qiziqish bildirilgandan va NDA imzolangandan so‘ng ishtirokchilarga barcha xarid hujjatlari taqdim etiladi. Tenderning barcha talablari bilan havola orqali tanishish mumkin.