5 fevral kuni Mastercard bilan boʻlib oʻtgan ishchi uchrashuv yakunlari boʻyicha UZCARD toʻlov tizimi joriy hamkorlik doirasida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni e’tirof etish va oʻzaro ishbilarmonlik muloqotining tasdigʻi boʻlib xizmat qiladigan minnatdorchilik mukofoti bilan taqdirlandi.
Mastercard va UZCARD birgalikdagi ishi toʻlov infratuzilmasini va karta egalari uchun toʻlov servislarini rivojlantirishga qaratilgan. Hamkorlik yoʻnalishlari orasida UZCARD milliy tizimi va Mastercard xalqaro toʻlov infratuzilmasining afzalliklarini birlashtirgan kobeyjing mahsulotlari ustida ishlash ham bor. Masalan, UZCARD-Mastercard kobeyjing kartalari karta egalariga Oʻzbekiston hududida milliy valyutada, xorijda esa – qulay va xavfsiz foydalanish tajribasini ta’minlagan holda, toʻlov tizimi kartalari sifatida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mastercard mukofoti kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va hamkorlikning hozirgi darajasini e’tirof etish ramziga aylandi. UZCARD xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda, bunda toʻlov infratuzilmasining barqarorligi va undan foydalanish qulayligiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.