Ijtimoiy tarmoqlarda brendni ilgari surish xizmati provayderini tanlash bo‘yicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2026-yil 24-fevralgacha uzaytiriladi.
1-lot: Ijtimoiy tarmoqlarda brendni ilgari surish xizmati (SMM).
Tender o‘tkazish bosqichlari:
- Texnik topshiriqlar va baholash mezonlari tender hujjatlari doirasida tanlovning barcha ishtirokchilariga 13.02.2026-yilda taqdim etiladi.
- Tender ishtirokchilari joylashtirishning har bir turi bo‘yicha tender hujjatlari paketini 24.02.2026-yilga qadar, soat 16:00 gacha (shu kuni ham) tayyorlaydilar.
- Kelib tushgan takliflarni malakaviy va texnik baholash — 23.02.2026-yilgacha.
- Aniqlashtiruvchi savollar va javoblar — 04.03.2026-yilgacha.
- Yakuniy narxlarni so‘rash — 09.03.2026-yilgacha, soat 15:00 gacha (shu kuni ham).
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash — taxminan 15.03.2026-yilgacha.
Tijorat takliflari 2026-yil 24-fevral kuni soat 16:00 gacha Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Ishtirokchilar havola orqali to‘ldirish uchun barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.