«YUPM» AJ tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’minotchini tanlash bo‘yicha tanlov (yillik shartnoma) e’lon qiladi

«YUPM» AJ tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’minotchini tanlash bo‘yicha tanlov (yillik shartnoma) e’lon qiladi

Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:

  1. Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, tanlov hujjatlari doirasida 2025-yil 20-fevralgacha tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
  2. Potensial yetkazib beruvchi tanlov hujjatlarini parol bilan himoyalangan arxivda 2025-yil 28-fevral soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) taqdim etadi. Arxiv Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga, parol esa Davron.Xojayev@uzcard.uz elektron pochtasiga tanlov nomi ko‘rsatilgan holda yuboriladi.

Chegirmalar bo’yicha keyingi so’rov nazarda tutilmagan.

  1. Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda 2025-yil 5-martgacha bo‘lgan muddatda qabul qilingan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi.
  2. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narx so‘rovini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2025-yil 7-martgacha yuborishi lozim.
  3. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash-2025-yil 14-fevralgacha amalga oshiriladi.

Tijorat takliflari 2025-yil 28-fevral kuni soat 17:00 gacha, parol bilan himoyalangan arxiv faylida Toshkent vaqti bilan 2025-yil 28-fevral kuni soat 17:00 gacha qabul qilinadi. Arxiv fayl Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron manziliga, parol esa Davron.Xojayev@uzcard.uz elektron manziliga tanlov nomi ko‘rsatilgan holda yuborilishi lozim. Takliflar quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:

– xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– to‘ldirilgan texnik talablar jadvali  (№1 shakli);

– tijorat taklifi (№2 shakli);

– shartnomnaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan to‘ldirilgan KTS fayli (№3shakli).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.